🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq deputat B.Kamalov tomonidan 4-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida issitish tizimlari holati o‘rganildi.
🔹Oʻrganish jarayonida issiqlik ta’minoti uskunalari, quvurlar, radiatorlar va boshqa asosiy elementlarning texnik holati, zarur profilaktik ishlar amalga oshirilgani, ta’mirlash ishlari belgilangan tartibda bajarilgani hamda issitish uskunalari mavsum davomida barqaror ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratilglanligi ko‘zdan kechirildi.