Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi.

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq deputat B. Kamalov tumandagi 11-sonli oilaviy poliklinikaga qarashli “Barraj” tayanch punkti faoliyati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

🔹O‘rganish davomida tibbiyot muassasasi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmati sifati, bepul dorilar bilan ta’minlanish va muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari ko‘zdan kechirildi.

🔹Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4