🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish va maromiylik tamoyillarini targ‘ib qilish mavzusida tumanda faoliyat yuritayotgan imom va otinoyilar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
🔹Tadbirda xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengash deputati F.Axmedov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2019-yil 14-sentyabrdagi 2736-III/KQ-592-III-sonli qo‘shma qarori mazmun-mohiyatini tadbir ishtirokchilariga tushuntirdi.
🔹Shuningdek, tadbirda to‘y-hasham va marosimlardagi isrofgarchilikni kamaytirish, dabdababozlikka chek qo‘yish, maromiylik tamoyillarini hayotga keng tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.