O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan, joriy yilning 7-avgust kuni Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi “8-Mehnatobod” saylov okrugidan saylangan deputat S.Irisov tomonidan “Mexnatobod” mahallasida “Tashabbusli byudjet” 2025-yilning birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan 19-maktabda o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan suniy qoplamali mini stadion qurilishi o‘rganildi.
Shu kunning o‘zida deputat S.Irisov “Mehnatobod”mahallasi fuqarolaridan kelib tushgan (ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasini yaxshilash) murojaatlar o‘rganib, mahalla yettiligi vakillari bilan birga ushbu masalalarni yechimi yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.