Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Fayziyev To‘lqin Obidovich 31-Zangiota saylov okrugi hududida joylashgan mahallalar faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📊 Uchrashuvda deputat tomonidan 2025 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
🔍 Ammo asosiy e’tibor bajarilgan ishlarga emas, hozirgi kunda yechimini kutayotgan muammolar va kelgusidagi vazifalarga qaratildi.
✅ Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar va takliflar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida aniq vazifalar belgilab olindi.
🔸Shuningdek, tadbirda 31-saylov okrugi hududidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlar ham ishtirok etib, muammolarni ijobiy hal etishda hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.