#Munosabat
Madaniyat ko‘prigidan – barqaror hamkorlik sari
Jahon siyosiy arenasida tashqi siyosat faqat rasmiy muzokaralar, shartnomalar va iqtisodiy kelishuvlar bilan cheklanib qolmaydi. Aynan xalqlar o‘rtasidagi madaniy va ma’naviy yaqinlik o‘zaro munosabatlarning eng bardavom poydevoridir.
Shu ma’noda, 2025 yil iyul oyida Ozarbayjonda o‘tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning 17-sammiti doirasidagi madaniy tadbirlar xalqaro munosabatlardagi insonparvarlik ruhini yana bir bor namoyon etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu tadbirlarda ishtirok etishi nafaqat rasmiy tashrif, balki do‘stlik, qardoshlik va mushtarak tarixi bo‘lgan xalqlarga hurmat ramzi bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu dasturda faol ishtirok etishi xalqlar o‘rtasidagi ishonchni, umumiy qadriyatlarga bo‘lgan ehtiromni yanada mustahkamladi.
Batafsil (https://www.facebook.com/share/p/1Hj1gaoUtG/)
✍️ Ozodaxon Dadajonova
Farg‘ona tuman Kengashi deputati