Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining to‘qqizinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Doimiy komissiya Uzun tumanida “2025-yil II chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida”gi hisoboti ko‘rib chiqildi va ko‘rilgan masala yuzasidan fikr, mulohazalar eshitilib, navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tasdiqlash uchun kiritildi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.