Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Ostona shahriga yetib borgandi. Davlat rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Qozog‘istonga borgandi. Xitoy rahbarining samolyoti Qozog‘iston chegarasidan poytaxt aeroportigacha Qozog‘iston Havo mudofaasi kuchlari qiruvchi samolyotlari tomonidan kuzatib borilgan.