✍️Prezidentning joriy yil 23 iyundagi PF-98-son farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.
✍️ Farmonda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha vakolatlari takomillashtirilmoqda. Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilishi belgilangan.
✍️Bu boradagi islohotlarni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarish uchun Prezident Farmoni bilan 2 ta hujjat tasdiqlandi. Bular – O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”dir.
✍️ Konsepsiyaga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari belgilaandi.
📌mahalliy Kengash, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, budjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish;
♻️aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni «mahalla yettiligi” – tuman (shahar) Kengashi – viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytirish;
♻️ mahalliy Kengashning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash;
♻️mahalliy Kengash deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish;
♻️mahalliy Kengash faoliyatining tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
♻️mahalliy Kengash faoliyatida o‘zaro va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
♻️Mahalliy Kengash faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, «E-Kengash” elektron platformasini takomillashtirish.
📌O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muhokama qilib borish va tavsiya etildi.
✍️Nasiba Mo‘minova, O‘ZLIDEP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, tuman Kengashi deputati