Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish Konsepsiyasining mazmun-mohiyati haqida
янв.21
O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasining mazmun-mohiyati haqida
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Yoshlar kunidagi islohotlar – Yangi avlodga bo‘lgan ishonchning yorqin ifodasi
янв.21
Ikki davlat, bitta maqsad – barqaror taraqqiyot
янв.21
“Sijjak" mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya hamda Kengashdagi O‘zbekiston“Milliy-tiklanish” demokratik partiyasining deputatlik guruhi tomonidan oʻrganish oʻtkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Tumanning maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida korrupsiyaviy omillarni oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻrganilmoqda.
Munosabat

 Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan Konsepsiya mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish bilan birga xalq noiblari zimmasiga davlat va jamiyat hayotidagi muhim masalalarni hal etish, mahalliy davlat organlari vakillarining
xalq oldidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi; 

Ijobiy natija kutilayotgan masalalardan biri sifatida, mazkur Konsepsiyada o‘z aksini topgan, hokim o‘rinbosarligiga
tavsiya etilayotgan nomzodlarning mahalliy Kengash komissiyasiga o‘z dasturini taqdim etishini aytish mumkin. Bunda, nomzodlarning hududni muammolarini chuqur bilishi va ularning yechimini o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlay olishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va ularning zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi;  

 Farmon bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi model – “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoidalar bugungi kunning dolzarb talablaridandir. Qolaversa, bu tamoyil xalq hokimiyatchiligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi; 

 Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish orqali ularning asosiy ish joyi bo‘yicha ish beruvchilarning mas’uliyatini oshiradi. Bu esa deputatlarning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘laqonli va samarali yo‘lga qo‘yishga sharoit yaratadi; 

Mazkur normativ-huquqiy xujjat orqali mahalliy davlat hokimiyati organlarini “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyilini asosiy bug‘ini va mexanizmiga, shuningdek xalqning xohish-irodasini ifoda etuvchi institutga aylanishiga umid qilaman. 

Ikkinchi chaqiriq xalq deputatlari
Yangihayot tumani Kengashi deputati X.Kuchkarova