Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida tumandagi Ekologiya oid uchrayotgan masalalar "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha" doimiy komissiyasida muhokama qilindi.
Unda doimiy komissiyalar ekologiya sohasini korrupsiyadan holi sohaga aylantirishga oid amalga oshirilayotgan ishlar, noqonuniy daraxt kesishga, daryo oʻzanlaridan noqonuniy qum-shagʻal qazish bilan bogʻliq holatlarni bartaraf etish boʻyicha qilinayotgan ishlar, noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish kabi masalalar tanqidiy tahlil qilindi. Deputatlar tuman Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi oldiga aniq vazifalarni belgilab berdi.