🔹Bugun 6-may kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida:
🔹Bo‘stonliq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2025-yil uchun manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida;
🔹 Xalqaro moliya institutlari ishtirokida Bo‘stonliq tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha konsepsiyani ko‘rib chiqish to‘g‘risida mas'ullarning hisobotlari eshitildi.
🔹Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.