Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi

🔹Bugun 5-may kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida:

🔹Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetining 2025-yil birinchi chorak yakuni bilan orttirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida; 

🔹Bo‘stonliq tumanida 2025-yilda aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash dasturi ijrosi yuzasidan birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida; 

🔹Bo‘stonliq tumanida mahalliy budjet daromadlari rejasini bajarilish holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha joriy yil birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi. 

🔹Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 2