O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududni rivojlantirish, aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning muammolarini hal etishda xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylov okruglari «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
Tuman Kengashi deputati M.Tuychiyeva hamda Maorif mahalla fuqarolari yig‘ini «mahalla yettiligi» hamkorligi natijasida mahalladagi qator muammolar bartaraf etilmoqda, hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati M.Tuychiyeva ishtirokida Maorif mahalla fuqarolar vakillari yig‘ilishida «mahalla yettiligi» a’zolarining hisobotlari eshitildi.