Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Yangiariq tumani kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman kengashi raisi B.Abdullayev boshqarib bordi. Yig‘ilishda deputatlar, mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga 7 ta muhim masala kiritilib, ular bo‘yicha keng muhokamalar olib borildi. Har bir masala yuzasidan qaror loyihalari tasdiqlandi.
Sessiya davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mavjud muammolar va ularning yechimlari, shuningdek, sohalardagi ustuvor vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Qabul qilingan qarorlar aholi farovonligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va tuman boshqaruvini samarali tashkil etishga qaratilgani ta’kidlandi. Sessiya kun tartibidagi masalalar bilan batafsil Yangiariq tumani hokimligining youtube ijtimoiy tarmog‘idagi ushbu https://www.youtube.com/live/EjuDvkNGOm0?si=GgX8liAhB4NhruGE
havola orqali tanishishingiz mumkin.