Unda "Qo‘yliq ota" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Dilfuza Qodirova bilan ko‘p yillardan buyon eng og‘riqli nuqta bo‘lgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini saqlash borasida bir qancha murojaat va takliflar bildirildi. Jumladan, ushbu mahallada kechalari yuz beradigan janjallar tufayli “Qizil” toifadan chiqa olmasligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shu sababli ushbu mahalla hududida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni erta aniqlash va oldini olish maqsadida 24/7 xizmat ko‘rsatuvchi “Huquq tartibot maskani” qurish taklifi bildirildi. Mazkur taklif asosida deputat mas’ullar bilan bog‘lanish, dolzarb muammoni tezda bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatilishini ta’kidlab o‘tdi.