Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari B.Boltaboyev va A.Abdullayevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
Mazkur qarorning 4-bandiga muvofiq, suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har yili ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot taqdim etishi belgilangan.
O‘rganishlar davomida:
👥 mas’ul rahbarlarning faoliyati va hisobdorlik holati atroflicha tahlil qilindi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga tavsiyalar berildi hamda sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.