Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq MFYda mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

✅Unda aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayollar daftarining yuritilshi, keksa va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish kabi masalalarda suhbat qurildi. 

✅"Mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilgan ishlar taxlil qilindi. mahalla xodimlari tomonidan bildirilgan taklif va muloxazalar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.