Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligi

 Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligi 

            Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati R.Tojiyev, tuman Kengashi deputatlari A.Yursunov, Z.Djo‘raboyevlar Oltiariq tumani Jarqo‘rg‘on mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Uchrashuvda mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi va yoshlar faolining hisobotlari tinglandi. Mahalla xududida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan, jumladan, ochiq byudjet portali orqali MFY binosi yangitdan qurilgan, 300dan ortiq honadon toza ichimlik suvi bilan taʼmig‘langan, Qadriyat va Ezgulik ko‘chalari
asfaltlashtirilgan. Amalga oshirilgan ishlar muhokamasida xududda infrotuzilmani yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Ayni paytda mahallada 1146 ta xonadonda 3792 nafar aholi istiqomat qiladi. Xududda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining filiallariga extiyoj mavjudligi ta’kidlandi. MFYda infrotuzilmani yaxshilash yuzasidan takliflar o‘rganib chiqilishi belgilab olindi.  

Slide 1 of 9