Xalq deputati Andijon shahar Kengashi deputati B.A.Mo'ydinov "Z.M.Bobur" MFY Bekguzar ko'chasi 4-uyda istiqomat qiluvchi Normirzayevlar xolidan xabar oldi.
10.11.2025-yil "Z.M.Bobur" mahalla fuqarolar yig'ini Bekguzar ko'chasi 4-uy Normirzayevlar xonadonida kech soat 21:00 atrofida baxtsiz xodisa tufayli yong'in yuzaga kelgan va baxtsiz xodisa natijasida yashash xonadonining 45 kv metr tom qismi, yashash xonalari va mebel-jihozlari yonib jiddiy zarar ko'rgan. Xodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Xozirda ushbu Baxtsiz xodisa tufayli yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Deputat tomonidan esa jabrlangan fuqarolarga moddiy yordam ko'rsatish maqsadida tegishli tashkilotlarga "Deputat so'rovi" yubormoqda.
https://t.me/Andijon_shahar_kengashi