O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 14-sentabrdagi “To‘ylar, oilaviy tanatanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2736-III/KQ-592-III-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati G.Sharipova tomonidan “Metallurg” va Muqimiy mahallasida maromiylik, to‘y, oilaviy tantana va marosimlarni tartibga solish, davlatimiz tomonidan bugungi kunda olib borilayotgan odilona siyosat, xotin-qizlar ta’limi va ishlash imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, xotin-qizlar uchun deputat qabuli ham tashkil etildi. Qabul jarayonida xotin-qizlar bilan ularning muammolari o‘rganildi. Xotin-qizlar shaharda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bois hayotlaridan mamnun ekanliklari bildirdilar.