Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish yuzasidan mahalla faollariga tushunchalar berildi
янв.21
Targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat va yoshlar.
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari M.To‘ychiyeva hamda B.Soliyevalar Bog‘i eram mahallasida Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat tartibida o‘rgandilar.
янв.21
Deputatga yuborilgan murojaatlar mas’ullar bilan birga joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugi hududida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
янв.21
"DEPUTAT SO‘ROVI AMALDA"
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish yuzasidan nazorat-tartibida o‘rganildi
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan markaziy shifoxonada o‘rganish ishlari olib borildi

 Tuman Kengashi deputatlari tomonidan markaziy shifoxonada o‘rganish ishlari olib borildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari tomonidan Quva tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon tomir
kasalliklari markazi shifoxonasining terapiya, xirurgiya va boshqa bo‘limlarida
davolanayotgan bemorlar holidan xabar olindi.
 

Shuningdek, deputatlar tomonidan
bemorlarni bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati ham o‘rganildi. O‘rganishlar
davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi.
 

Jumladan, ayrim bemorlarning kasallik
varaqalarida vrach tomonidan belgilangan dorilardan tashqari, bemorlar qo‘lida kasallik
varaqada qayd etilmagan dorilarni olib kelish uchun oddiy qog‘ozlarga yozib berilgan
ro‘yxatlar mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, kasalxona ichki dorixonasida kasallik
varaqasiga kiritilgan ayrim dorilar mavjud bo‘lsa ham, bemorlar tomonidan ular tashqaridan
olib kelinayotgani holatlari qayd etildi.
 

Bu borada bo‘lim boshliqlari, katta
hamshirlar hamda tuman sog‘liqni saqlash tizimi rahbariyati qat’iy ogohlantirildi.
 

Shu bilan birga, deputatlar tibbiyot
muassasalarining sharoitlarini yaxshilash, tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
va aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalarni ham berdilar.
  

Slide 1 of 9