Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish yuzasidan mahalla faollariga tushunchalar berildi
янв.21
Targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat va yoshlar.
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari M.To‘ychiyeva hamda B.Soliyevalar Bog‘i eram mahallasida Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat tartibida o‘rgandilar.
янв.21
Deputatga yuborilgan murojaatlar mas’ullar bilan birga joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugi hududida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
янв.21
"DEPUTAT SO‘ROVI AMALDA"
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish yuzasidan nazorat-tartibida o‘rganildi
Quva tumanida xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Quva tumanida xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi 

Bugun Xalq deputatlari Quva tumani
Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
 

Sessiya ishida tuman Kengashi
deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish organlari
rahbarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador bo‘lim, tashkilot va idoralar
rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
 

Yig‘ilishda dastlab 2025 yilning
uchinchi choragida tumanda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, ularning
profilaktikasi hamda bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek,
mazkur sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab
olindi.
 

Shuningdek, sessiya kun tartibida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PQ–4891-sonli “Tibbiy
profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini
ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi, aholi
salomatligini ta’minlash, tibbiyot tizimidagi qurilish va ta’mirlash ishlari hamda
soha tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar yuzasidan mas’ullar hisobot berdilar.
 

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi PQ–5-sonli “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini
boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi masalasi ham sessiya kun
tartibida muhokama etildi.
 

Yig‘ilish yakunida sessiya ishtirokchilari
tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi
hamda mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.
  

Slide 1 of 8