Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosari Y.Abdurahmonov Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida dual ta’lim asosida tahsil olayotgan o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, amaliyot mashg‘ulotlarini tegishli tibbiyot muassasalarida samarali tashkil etish hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ–62-son qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
2026-yil 9-oktabr kuni xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati tahlil qilindi.
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R.Sodiqova ishtirokida aholi va mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar, fuqarolarning bandligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan omillar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi faol deputati R.Sodiqova tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, xulq-atvori, davomat holati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati masalalari o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy va profilaktik ishlar, ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilish holati hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.
Yig‘ilish kun tartibidan Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 2026 yil 24 avgustdagi VII-25-87-1-19-K/26-sonli qarori ijrosi bo‘yicha o‘rganish yakunlari yuzasidan doimiy komissiya a’zosi A.Jo‘rayevning axboroti hamda Bo‘ston tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i L.Yuldashevning hisobotini eshitish masalalari o‘rin oldi.
Yig‘ilish davomida mazkur qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi, hududda ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Gʻ.Ruziyev o‘z saylov okrugi hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning Davlat madhiyasini ijro etish uchun safga tizilish jarayonida ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalanishi, jamoatchilik faolligi va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalariga e’tibor qaratildi.