35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Deputatlik_nazorati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

📍 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovichning saylov okrugiga qarashli “Bo‘ston” mahallasida hudud sanitar holati va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirish maqsadida o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish va amaliy jarayon tafsilotlari:

👥 Mas’ullar ishtiroki: O‘rganish tadbirida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi I.Roziqov bevosita ishtirok etdi.

🧹 Sanitariya va chiqindi nazorati: Hududa maishiy va hududiy chiqindilarni maxsus texnikalar yordamida o‘z vaqtida va belgilangan jadval asosida olib chiqilishi jarayoni joyida ko‘zdan kechirildi.

📋 Tavsiyalar ijrosi: Oliy Majlis Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiya ijrosi doirasida hududning ekologik holatini yaxshilash, chiqindi toza saqlanishini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxona faoliyati samaradorligi tahlil qilindi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan sohaga mas’ul tashkilotlar zimmasiga tegishli vazifalar yuklandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3