Kunlik topshiriqlarni 7 talik yoʻnalish boʻyicha koʻchama- koʻcha yurib oʻrganish davom etmoqda.
📌 Joriy yilning 8-sentyabr kuni 2-Toshloq saylov okrugi deputati Sh.Raxmonova Oqsuv koʻchasida yashovchi fuqaro Abduxamidova Nasibaning murojaatini oʻrgandi.
⚡️Fuqaro oʻz murojaatida ishsiz boʻlganligi sababli, ish bilan taʼminlanishida amaliy yordam soʻragan.
🔥Oʻrganish jarayonida fuqaroning murojaati mahalladagi xotin-qizlar faoliga yoʻnaltirildi va fuqaroga bepul oylik kurslarda oʻqib sertifikat olgandan soʻng ishga joylashishi yoki imtiyozli kreditlar olib oʻz tadbirkorligini boshlashi mumkinligi toʻgʻrisida ham tushuncha berildi.