Yangiliklar

“Toshxovuz” kichik sanoat zonasi o‘rganildi.

 “Toshxovuz” kichik sanoat zonasi o‘rganildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12–13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga amalga
oshirgan tashrifi doirasida Quva tumanidagi “Toshxovuz” mahalla fuqarolar yig‘ini
hududida joylashgan 463-konturning 4 gektar yer maydonida yangi kichik sanoat zonasini
tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. 

Mazkur topshiriq ijrosini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari Kengashi
huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan birgalikda ushbu hududda o‘rganish
ishlarini olib bordilar. 

O‘rganishlar davomida yer maydonining holati, infratuzilma imkoniyatlari, muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlariga ulanish holatlari, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish
va yangi ish o‘rinlari yaratish istiqbollari atroflicha tahlil qilindi.O‘rganishlar
natijalari yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar tuman hokimligi mutasaddilariga
taqdim etildi. 

Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi hududda sanoat salohiyatini yanada oshirish, aholi bandligini
ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 4