Mamlakatimizda 13-14-mart kunlari Umummilliy xayriya hashari deb eʼlon qilinishi munosabati bilan, joriy yilning 14-mart kuni Bo‘ka tumani “Parkent” MFY hududida joylashgan Said ota qabristonida hashar tashkil etildi.
Hashar davomida mahalla fuqarolar tomonidan qabriston hududi va atrofi tozalandi.
Hasharda Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputati B. Djoldosov hamda mahalla aholisi ishtirok etishdi.
Qabristonda o‘tkazilgan obodonlashtirish ishlari natijasida hudud ko‘rkiga yanada ko‘rk qo‘shildi.
"Hashar-elga yarashar"— tadbiri “Parkent”MFY.ning barcha hududida davom etmoqda.