Yangiliklar

Ohangaron tumanida “Yashil makon” bog‘i barpo etildi!

Yurtimizda tabiatni asrash, atrof-muhitni yanada obod va yashil maskanga aylantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda Ohangaron tumanida yangi “Yashil makon” bog‘i tashkil etilib, hududda ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi. 🌱

Mazkur tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etildi. Unda jamiyat a’zolari, olimlar, shoirlar va ziyolilar, shuningdek “Yangi nigoh” – Yosh jurnalistlar va blogerlar klubi a’zolari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputat J.Xamidov ham faol qatnashib, ko‘chat ekish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar. 🌿

🌱 Ushbu ezgu tashabbus tabiatni muhofaza qilish bilan birga yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitga mehr va e’tibor tuyg‘usini kuchaytirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 6