Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 25-Bobodog‘i saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputat O.Tilavov 36-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarning ta’lim jarayoni, mavjud sharoitlar hamda ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.