Yangiliklar

12 ta mahalladagi umumiy uzunligi 22.5 km bo‘lgan 44 ta ko‘chada joriy ta’mirlash ishlari bajariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.10.2024-yildagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining VII-18-13-12-218-K/26-sonli qarori bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli dastur tasdiqlandi.  

Unga ko‘ra Tuproqqal’a tumanidagi 12 ta mahalladagi umumiy uzunligi 22.5 km bo‘lgan 44 ta ko‘chada joriy ta’mirlash hamda 66 617 kv.m ichki yo‘llarda asfaltlash ishlari bajariladi.      

Slide 1 of 3