📌 Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani Kengashi deputati Orazbaeva Almagul tumanimizda yashovchi fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, uy-joy kommunal xizmatlari va infratuzilma masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.
🏥 Qo‘ng‘irot tumani hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish,
kommunikatsiyalar xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirishmasalalari
bo‘yicha o‘rinbosari O.Muxanovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
📍 Qo'ng'irot tumani "Azatliq" MFY fuqarolarining murojaatlarini o'rganish, mavjud muammolarga yechim topish hamda tegishli choralar ko'rish maqsadida mazkur hudud fuqarolari bilan uchrashuv bo'lip o'tdi.
🔗 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan "Azatliq MFY hududida joylashgan "Aqsaray" ko'chasi tamirtalab ahvolga kelib qolganligi aniqlangan.
🔰 Mazkur ko'chalarga bahor, kuz va qish mavsumlarida ko'chaga kirib chiqish muammo ekanligi ma'lum boldi.
🟢 Yuqoridagilardan kelib chiqib "Azatliq" MFY hududida joylashgan "Aqsaray" ko'chasini ta'mirlashda amaliy yordam berishni soradi.
❗️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati