Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Axrorjon Ibadullayev saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida hududdagi dolzarb masalalar, ayniqsa mahalla infratuzilmasi, ta’lim muassasalarining bugungi holati, ishsiz yoshlarni bandiligini ta’minlash, ichimlik suvi va obodonlashtirish bo‘yicha mavjud muammolar hamda takliflar muhokama qilindi.
📋 Saylovchilar tomonidan bildirilgan fikr va murojaatlar deputat tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi va fuqarolarning ehtiyojlari hamda takliflarini o‘rganishga xizmat qildi.