Tumandagi “Payariq hayoti” gazetasi tahririyati binosida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari S.Maxkamov, O‘.Omonov va L.Djamolova ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda deputatlar o‘z saylov okruglarida amalga oshirgan ishlar, fuqarolar bilan olib borilgan muloqotlar, muammolarni o‘rganish va ularni hal etish borasida ko‘rilgan choralar yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, anjumanda deputatlar tomonidan mahalliy Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi manfaatlarini samarali himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.