Yangiliklar

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich Beshqo‘rg‘on mahallasida joylashgan 270-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari jarayonini joyiga chiqib o‘rgandi.

Tashrif davomida deputat ta’mirlash ishlari sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, qurilish pudratchilari va ta’lim muassasasi rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Deputat ta’mirlash ishlari jarayonini doimiy nazoratda saqlash, o‘quvchilarning xavfsizligi va qulay o‘quv muhiti yaratilishiga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

Slide 1 of 1