DEPUTATLAR NAZORATIDA: MAS’ULLARGA TANQIDIY ESHITUV
Farg‘ona
tuman hokimligida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi
deputatlik guruhi tashabbusi bilan “Mansabdor shaxs eshituvi” bo‘lib
o‘tdi.
Yig‘ilishda “Adolat” SDP tuman Kengashi
raisi N. Karimov, deputatlar O.Dadajonova, Sh. Raximov, B. Axmadjonov
va Q. Makarovlar ishtirok etdilar.
Eshituvda ikki muhim masala muhokama
qilindi:
1. “Dolzarb
90 kun” doirasida maktabgacha
va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda yangi 2024–2025 o‘quv
yiliga tayyorgarlik holati;
2. “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi doirasida xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash
ishlari.
Yig‘ilish davomida deputatlar mas’ullar
hisobotini tanqidiy ruhda ko‘rib chiqdilar. Ayrim rahbarlar tomonidan ishga
nisbatan loqaydlik, mas’uliyatsizlik va nazorat yetishmasligi
kuzatilgani qat’iy ta’kidlandi.
*** Tuman
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek
Toshbekovning hisoboti yetarli asoslanmagan deb topilib, kun tartibidan chiqarildi. Masala tuman
Kengashining doimiy komissiyasida tanqidiy muhokama qilish uchun yuborildi.
Deputatlar ta’kidladilar: “O‘zbekiston–2030
strategiyasi talablari qog‘ozda emas, hayotda aks etishi kerak. Har bir mas’ul
shaxs xalq ishonchini his qilib ishlashi shart!”
Yig‘ilish yakunida taklif va
tavsiyalar asosida mas’ullar hisobotini tuman Kengashining navbatdagi
sessiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Bu eshituv deputatlik nazoratining
amaliy ifodasi bo‘lib, mas’ullardan aniq natija va javobgarlikni talab etdi.