Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SPORT INSHOOTLARI VA JIHOZLARINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #savolnoma_asosida #Deputat_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 3-“Mustaqillik” saylov okrugidan saylangan deputat Turopova Dilbar Toji qizi, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Davlat xizmatlari sifati: FHDYO bo‘limiga tashrif buyurayotgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi, navbatlarni tartibga solish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining tezkorligi;

Murojaatlar ijrosi: Aholi tomonidan takroran yoki joyida berilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi;

Savolnoma va nazorat: Belgilangan savolnoma asosida bo‘lim xodimlarining fuqarolar bilan muloqot madaniyati hamda sohaviy qonun hujjatlari ijrosining ta’minlanish darajasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolari va takliflari tinglandi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4