Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SPORT INSHOOTLARI VA JIHOZLARINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kunlik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #Qonunlar_ijrosi #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich, tuman Kengashi deputati Azamat Karamatovich Mamatmuratov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Obod turmush” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi mahalladagi hokim yordamchisining faoliyatini o‘rganish, unga yuklatilgan vazifalar ijrosi holatini tahlil qilish hamda aholini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholashdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish yo‘nalishlaridagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘rganish ishlari maxsus savolnoma asosida tashkil etilib, amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalar hamda Kengash tomonidan taqdim etilgan tavsiyalarning bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, tegishli yo‘nalishlar doirasida 162 ta qonunchilik hujjati va 24 ta tavsiyaning ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi. Jarayonda belgilangan vazifalarning bajarilishi, amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari o‘rganildi.

Bundan tashqari, hokim yordamchisining aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolarning bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan tegishli tahlillar olib borildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, Kengash tomonidan berilgan tavsiyalar bajarilishini kuchaytirish hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tahliliy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish belgilandi.

Deputatlik nazoratining mazkur tadbiri mahallada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni takomillashtirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3