Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARIGA JAVOB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SPORT INSHOOTLARI VA JIHOZLARINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
#Biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonunlar_ijrosi #DeputatFaoliyati #Murojaat_va_ijro #Madad_NNT

📍 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi hamda "Madad" nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘linmasi hamkorligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida o‘rganish va ularga huquqiy yechim topish bo‘yicha amaliy amaliy tadbir o‘tkazildi.

🔍 Tadbir va o‘rganish tafsilotlari:

⚖️ Qonun targ‘iboti: O‘rganishlar davomida 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445-son) mazmun-mohiyati hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

👥 Mas’ullar va ishchi guruh: Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 3-“Mustaqillik” saylov okrugidan saylangan deputat Turopova Dilbar Toji qizi, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar hamda "Madad" NNT bosh mutaxassisi N.Kenjayev ishtirok etdilar.

📋 Tahlil va ijro nazorati: Ishchi guruh tomonidan fuqarolar murojaatlarining mazmuni atroflicha tahlil qilinib, ularni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq sifatli ko‘rib chiqish, o‘z vaqtida hal etish hamda ijrosini qat’iy ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

⚙️ Kutilayotgan natija: Kelib tushgan har bir murojaat bo‘yicha fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlarini yuborish belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3