DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
🏛 2026-yil 20-oktabr kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✏️ Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
💎 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori bilan belgilangan, dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashga qaratilgan vazifalar ijrosini o‘rganish.
💎 Doimiy komissiya tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi holatini ko‘rib chiqish.
🔎 Yig‘ilishda deputatlarning belgilangan tavsiyalar asosida olib borayotgan ishlari, o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi hamda deputatlik odobi talablariga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.
👍 Muhokamalar davomida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish va doimiy komissiya faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.
✅ Yig‘ilishdan maqsad — qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish va belgilangan tavsiyalar ijrosini ta’minlash.