O‘rganish davomida qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi nazoratga olinib, qurilish jarayonida sifat va muddat talablariga rioya etish muhimligi ta’kidlandi.
Maqsad — budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, qurilish ishlarining sifatini ta’minlash va belgilangan dasturlar ijrosini nazorat qilish.