Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “14-A.Ikromov” saylov okrugi deputati D.Xamraqulov, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan 6-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔴 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining qozonxonasi, isitish tizimlari, mavjud isitish uskunalari hamda ko‘mirxonaning holati ko‘zdan kechirildi. Jumladan, qozonxonaning mavsumga tayyorligi, isitish uskunalarining sozligi, issiqlikni binolarga yetkazib beruvchi tizimlarning ishlash holati va xonalarda me’yoriy haroratni ta’minlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlari va qozonxona holati talab darajasida hamda soz holatda ekanligi aniqlandi.
📌 Mavsum davomida ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, mavjud isitish tizimlaridan samarali foydalanish hamda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.