Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi

 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga asosan, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov mahallalarni kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish maqsadida tashkil etilgan Taxiatosh tuman shtabida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔎 O‘rganish davomida mavjud resurslar va qo‘shimcha imkoniyatlardan samarali foydalanish, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

📑 O‘rganish natijalari va bildirilgan tavsiyalar yuzasidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevichga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi.

Slide 1 of 2