Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tuman tibbiyot birlashmasi holat o‘rganildi

Tuman tibbiyot birlashmasi holat o‘rganildi

👍Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Kumakov tomonidan oilaviy shifokorlar punktida bo‘lib, muassasadagi mavjud sharoitlar o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik holati, sanitariya-obodonlashtirish ishlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

✅ Tibbiyot xodimlari bilan suhbat davomida faoliyat jarayonida uchrayotgan muammolar, mavjud ehtiyojlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.

✅ Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

🤩 Deputat tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish va aniqlangan muammolarni amaliy hal etishga ko‘maklashish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2