Bandlik sari amaliy qadam: fuqaroga ish imkoniyatlari taklif etildi
“Xalqlar do‘stligi” MFYda aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich fuqaro T.R.ning xonadonida bo‘lib, uning bandligini ta’minlash imkoniyatlarini muhokama qildi.
💼 Suhbat davomida fuqaroga tikuv sexida yoki issiqxonalarda ishlash variantlari taklif qilindi. Shuningdek, kelgusida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagi bo‘lsa, yengillashtirilgan kredit imkoniyatlaridan foydalanish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
🤝 Har bir fuqaroning mehnat qilish imkoniyatini kengaytirish — oilaviy farovonlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.