Xonadonda bandlik masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Xalqlar do‘stligi” MFY hududida bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
🧵 Xususan, fuqaro S.Yu.ning xonadoniga tashrif buyurilib, unga tikuv sexida yoki issiqxonalarda ishlash imkoniyatlari taklif etildi.
💬 Shuningdek, fuqaroga daromad manbaini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yengillashtirilgan kredit olish taklifi ham bildirildi.
📌 Asosiy maqsad — fuqarolar bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish va munosib mehnat imkoniyatlarini yaratishga ko‘maklashish.