Tomorqa yerlarini sug‘orish masalasi joyiga chiqib o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich o‘zi saylangan “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududida yashovchi fuqarolarning tomorqa yerlarini sug‘orish uchun ariqlarga suv yetkazib berish masalasidagi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida aholining suv ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari va mavjud holat bilan tanishildi. Tomorqa yerlarini o‘z vaqtida sug‘orish imkoniyatini yaxshilash masalasi muhokama qilindi.
🤝 Muammoni hal etish yo‘lida tegishli mas’ullar bilan muzokaralar olib borish va vaziyatdan kelib chiqib takliflar kiritish belgilandi.
📌 Murojaatni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholining tomorqa yerlarini sug‘orish bilan bog‘liq ehtiyojlarini inobatga olgan holda, masalaning yechimiga xizmat qiladigan amaliy choralarni belgilashdir.