YOSHLAR MASLAHATI GURUHI: MADANIYAT MUASSASASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahati guruhi a’zosi Sh. O‘ralov tuman Madaniyat uyida bo‘ldi.
✅ Suhbat davomida muassasaning ish faoliyati, madaniy tadbirlarni tashkil etish hamda yoshlarning madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
👍 Yoshlar maslahati guruhi a’zolarining hududdagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishishi, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni o‘rganishi va mavjud masalalarni tahlil qilishi muhim ahamiyatga ega.
📍 Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning takliflarini o‘rganish hamda madaniy-ma’rifiy hayotdagi faolligini oshirishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.