Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DAVLAT DASTURI IJROSI O‘RGANILDI

 O‘rganish davomida tuman markazidagi “Feruz” ko‘chasida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, yo‘l qurilishining borishi, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda ishlarning sifatli tashkil etilishi holati o‘rganildi.

Shuningdek, yo‘lning aholi va transport vositalari uchun qulayligini ta’minlash, qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida olib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

Davlat dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish va amalga oshirilayotgan ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish ishlari davom ettiriladi.