Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna “Jayxun” MFY 15-Keramzit saylov okrugida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida keyingi manzil — fuqaro F.D.ning xonadoni bo‘ldi. Tashrif davomida oilaning ijtimoiy holati bilan yaqindan tanishilib, mavjud ehtiyojlari yuzasidan suhbatlashildi.
Suhbat davomida fuqaroga bolalar nafaqasi tayinlangani hamda nafaqa pullarini o‘z vaqtida olayotgani ma’lum bo‘ldi.
Bunday tashriflar orqali aholining ijtimoiy ehtiyojlarini bevosita xonadonlarda o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.